avatar
Куч
319.83
Рейтинг
+126.50

Parpiyev Gafurjon G'ayratovich

Мақолалар

“Mamlakatimiz qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirishda zamonaviy mutaxassis kadrlarning o’rni va roli” mavzusida amaliy muloqot

Илм-фан
2016 yil 12 fevral kuni Andijon qishloq xo’jalik instituti tantanalar saroyida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi, Andijon viloyati Fermerlar Kengashi hamda Andijon qishloq xo’jalik instituti hamkorligida “Mamlakatimiz qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirishda zamonaviy mutaxassis kadrlarning o’rni va roli” mavzusida amaliy muloqot tashkil etildi.

“Ajdodlarimizning mo’’tabar nomlari, ijodiy meroslarining boqiyligi, badiiy da’hosi zamon va makon chegaralarining bilmasligi millatimizning g’ururi, mangu sharafidir!”

Илм-фан
“Bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina, inson qadrini bilishi, o’z milliy qadriyatlarini, milliy o’zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib o’rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha olishi mumkin"
Bu

Ichki ishlar boshqarmasi Yo'l harakati xavfsizligi bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda o’tkazilgan tadbir

Илм-фан
2016 yil 10 fevral kuni soat 1400da institut tantanalar saroyida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining vazir o’rinbosari M.Inoyatovning 2016 yil 5 fevraldagi №87-04-263 sonli xatida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Yo’l harakati havfsizligi Bosh boshqarmasining 2016 yil 20 yanvardagi 24/2-721-sonli xati orqali olingan taqdimotda keltirilgan ma’lumotlarni, ularning mazmun mohiyatini talabalar hamda ishchi-xodimlarga yetkazish yuzasidan IIB Yo’l harakati xavfsizligi bo’limi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o’tkazildi.

Giyohvandlik va uning salbiy oqibatlarini oldini olish” mavzusida o’tkazilgan tadbir

Илм-фан
2016 yil 11-fevral kuni institut tantanalar saroyida Andijon viloyat hokimi, narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasi raisi SH.Abdurahmonov tomonidan 2016 yil 29 yanvar kuni tasdiqlangan viloyat hokimligi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyaning 2016 yil 28 yanvardagi yig’ilishi bayoni ijrosini ta’minlash hamda viloyatimizda 2016 yil 1 fevraldan 1 mart kuniga qadar “YOshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqalishiga qarshi kurash oyligi” o’tkazilishi munosabati bilan “Giyohvandlik va uning salbiy oqibatlarini oldini olish” mavzusida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda ma’naviy tadbir o’tkazildi.

“Savob ishni har kim, har kuni qilmog’i kerak” shiori ostida bayram dasturi

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
2015 yil 24-sentyabr kuni Andijon viloyat hokimligining mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasiga qarashli Qo’rg’ontepa tuman bolalar “Muruvvat” uyida “Iyd-Qurbon hayit” bayrami munosabati bilan Andijon qishloq xo’jalik institutining iqtidorli talabalaridan iborat institut “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi qoshida “Kamolot” YOIH institut boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil topgan “Axsikent yoshlari” ma’naviyat-targ’ibot-tashviqot guruhi tomonidan “Savob ishni har kim, har kuni qilmog’i kerak” shiori ostida bayram dasturi bo’lib o’tdi.

“OG’ALAR” RESPUBLIKADA BIRINCHI

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim hamda madaniyat va sport ishlari vazirliklari, YOshlar madaniyat va san’at markazi, “Kamolot” YOIH Markaziy Kengashi qo’shma qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkaliayotgan an’anaviy “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko’rik-tanlovining final bosqichida institutimizning vakillari muvoffaqiyatli ishtirok etdilar.
Final bosqichida Toshkent to’qimachilik va yengil-sanoat institutining “Dizayn”, Toshkent moliya institutining “Moliyachi”, Namangan davlat universitetining “FM” Andijon qishloq xo’jalik institutining “Og’alar” jamoasi o’zaro bellashdilar,
Tadbir davomida jamoalar o’z bilim va mahoratlarini yumor va satira vositasida namoyish etdilar. YAkuniy natijalariga ko’ra, Andijon qishloq xo’jalik institutining “Og’alar” jamoasi ko’rik tanlovning g’olibi deb topildi.
“Og’alar” jamoasining bunday natijalarga erishishida institituning “ma’naviyat va ma’rifat” markazi rahbari Mirzohid Botirovning mehnatlari katta bo’ldi. Buning uchun institutimiz rahbariyati hamda M.Botirovga jamoa a’zolarining minnatdochiligini bildiramiz.
G’olib jamoa va ishtirokchilar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Kamolot” YOIH Markaziy Kengashining esdalik sovg’alari bilan mukofotlandilar. Andijonlik “Og’alar” ning keyingi faoliyatlarida ham omad tilaymiz.
 
Boburmirzo XOJIAKBAROV,
AQXI “Kamolot” YOIH

“Agrosanoat kompleksi iqtisodiyoti” mutaxassislik fanidan Respublika fan olimpiadasining II-bosqichi

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 7 apreldagi “2015 yilda oliy ta’lim muassasalari talabalari Respublika fan olimpiadasini tashkil qilish va o’tkazish to’g’risida”gi 123-sonli buyrug’iga asosan Andijon qishloq xo’jalik instituti rektorining 2015 yil 10 aprelda 100-V sonli buyrug’i chiqarildi va shunga asosan 2015 yilning 15-16 may kunlari Andijon qishloq xo’jalik institutida “Agrosanoat kompleksi iqtisodiyoti” mutaxassislik fani bo’yicha talabalar Respublika fan olimpiadasining II-bosqichi o’tkazildi. Talabalar Respublika fan olimpiadasining II-bosqichini o’tkazishga amaliy yordam ko’rsatish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 7 apreldagi 123-sonli buyrug’ining 4-ilovasiga asosan mas’ul etib tayinlangan Andijon mashinasozlik institutining Ilmiy bo’lim boshlig’i Z.Jo’raev ishtirok etdi.

“Loyixalarimiz yoshlarga, tadbirkorlarga va xar bir kollej bitiruvchisiga” mavzusidagi loyixalar taqdimotlar

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
Institutga biriktirilgan kasb-xunar  kollejlarida  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturini eng muxim ustivor yo’nalishlariga bag’ishlangan. Vazirlar Maxkamasining majlisidagi “2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish xisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish-ustuvor vazifamizdir” nomli ma’ruzasi hamda O’z LiDer ning 6 fevral kuni bo’lib o’tgan YII s’ezdidagi “Bizning maqsadimiz aniq va ravshan xech kimdan kam bo’lmagan farovon va baxtli xayot barpo etish” nomli yig’ilishida belgilangan ustivor yo’nalish va vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan  Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 18 fevraldagi 09-07/1-76 sonli xatiga muvofiq O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi, Andijon qishloq xo’jalik instituti va Andijon viloyati o’rta maxsus kasb-xunar ta’limi boshqarmasi xamkorlikda joriy yilning 7 apreldan 22 aprelgacha viloyatimizdagi agrar soxaga ixtisoslashtirilgan 20 ta kasb-xunar kollejlari o’quvchilarining tadbirkorlik va fermerlik soxasida amaliy bilim va ko’nikmalarini mustaxkamlashga hamda partiyaviy loyixalarni tadbiq qilishga qaratilgan “Tadbirkorlik va fermerlik rivoji farovon va baxtli xayot barpo etishning muxim sharti” yoshlar forumi doirasida “Loyixalarimiz yoshlarga, tadbirkorlarga va xar bir kollej bitiruvchisiga” mavzusidagi loyixalar  taqdimotlarni o’tkazish rejalashtirilgan bo’lib ushbu forumda kasb-xunar kollejiga biriktirilgan  professor o’qituvchilar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

“Xonobod tarovati – 2015” an’anaviy yoshlar festivali

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
2015 yil 3 may kuni Xonobod shahrida “Xonobod tarovati” an’anaviy yoshlar festivali o’tkazildi. Viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan kelgan mehmonlar, shuningdek oliygohimizning o’ttiz besh nafar iqtidorli talabalari ajoyib tantanalarning guvohi bo’ldilar.
Festivalni ochilishida Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan xalqimiz ma’naviyati va turmush darajasini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar, o’tkazilayotgan turli tadbirlar yurtdoshlarimiz kayfiyati va ruhiyatini ko’tarish, odamlar qalbida ertangi kunga ishonch tuyg’ularini mustahkamlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Andijon tumanida joylashgan Bo’taqora “Muruvvat uyi”da “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir haqida

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
2015 yil 9-may kuni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Andijon tumanida joylashgan Bo’taqora “Muruvvat uyi”da Andijon viloyat xokimligining belgilagan tadbirlar rejasiga asosan institut rektori Z.M.Jumaboyev boshchiligida ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektor R.Abdirahmonov, ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari M.Botirov hamda bir guruh iqtidorli “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati institut boshlang’ich tashkiloti faol yoshlari “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdilar.

“9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan institut tantanalar saroyida o’tkazilgan tadbir

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
2015 yil 7 may kuni “9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan institut tantanalar saroyida “Xotira muqaddas- qadr abadiy” nomli tadbir tashkil etildi. Sahna bayramona bezatildi hamda axborot resurs markazi tomonidan xotira ko’rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirni “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi rahbari M.Botirov olib bordi. U o’z so’zida qadrli urush va mehnat faxriylari! Hurmatli tadbir ishtirokchilari, aziz mehmonlar, fidoiy ustozlar va talaba yoshlar! O’zbekiston xalqiga xos azaliy fazilatlardan biri bu xotiradir. Xotira bu dunyoni tark etgan ajdodlarimizni xotirlash, eslash demakdir. SHunday g’oyalarni ilgari surib yurtboshimiz I. A. Karimov Farmoni bilan 9 may yurtimizda “Xotira va qadrlash” kuni deb e’lon qilindi. Urush faxriylari jasoratini ulug’lash hamda abadiylashtirish yo’lida xotira maydoni, vatandoshlarimiz ruhlarini shod qilish maqsadida ko’p jildlik xotira kitobi yaratilishi ularga nisbatan o’ziga xos ehtirom ifodasidir. Diyorimizni shunday kunlarga kelishida qanchadan-qancha ajdodlarimiz o’zining ulkan hissasini qo’shganlar. Demak ular xotirasini unutmaslik, ularning chirog’ini o’chirmaslik siz bilan bizning zimmamizda.

“Deputatlar va yoshlar hamda zamonamiz qahramonlari” loyihasi ostida o’tkazilgan uchrashuv

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
2015 yil 23 aprel kuni Andijon qishloq xo’jalik institutida Andijon viloyatida “Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostida o’tkazilayotgan festival doirasida “Deputatlar va yoshlar hamda zamonamiz qahramonlari” loyihasi ostida uchrashuv tashkil etildi.
Institut tantanalar saroyi “Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” baneri, yoshlar diniy ekstremizm va giyohvandlikka qarshi va “Kamolot”ni ulug’lovchi shior va chaqiriqlar, gullar va sharlar bilan bezatildi.

“YOshlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish” hamda “Kamolot” YOIHning 14 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovi

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
2015 yil 21 aprel kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy Kengashi tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostida Andijon viloyatida o’tkazilayotgan yoshlar festivali doirasida “Iqtidor egasi-obod yurt ertasi” loyihasi asosida “O’zbekiston Respublikasida 2015 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi” ijrosini ta’minlash, “YOshlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish” hamda “Kamolot” YOIHning 14 yilligi munosabati bilan institut fakultetlari jamoalari o’rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovi o’tkazildi.

“Kamolot kubogi” turnirining hududiy bosqichi o’tkazildi

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
“Hech bir narsa mamlakatni sportchalik
dunyoga tez va oson tanita olmaydi”.
I.Karimov
SHiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi zamonda mamlakatlarni dunyoga mashhur qilayotgan soha bu, yurtboshimiz ta’kidlaganidek, madaniyat va sport sohasi hisoblanadi. Sport insonning sog’lig’i uchun foydali bo’lish bilan bir qatorda ularning daromad manbai hamdir. Bizning mamlakatimizda ham sportga bo’lgan e’tibor, yoshlar sportiga ahamiyat yuqori bosqichga ko’tarilgan.

Tempus SAMUz: Andijon qishloq xo’jalik institutida yevropalik professorlar ishtirokida o’tkazilgan professor-o’qituvchilarning seminar-treningi

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

Tempus  SAMUz  loyihasi doirasida navbatdagi yig’ilishni Andijon qishloq xo’jalik institutida 2015 yil 23-28 fevral kunlari professor-o’qituvchilarning treningi shaklida o’tkazildi. Trening 3 nafar yevropalik mutaxassislar tomonidan ingliz tilida o’tkazilib, uni  Germaniyaning University of Applied Sciences Weihenstephan-Triesdorf professorlari Ralf Schlauderer, Aram Aristakesyan, Angliyaning Writtle college professori Henry Matthews olib bordilar. Trening yangi o’quv rejasidagi «Qishloq xo’jaligida investitsion jarayonlarni boshqarish va biznes-rejalashtirish», «Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining sifati va marketingi», «Qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish» kabi iqtisodiy fanlar bo’yicha o’tkazildi. Treningda yuqoridagi fanlar bo’yicha Samarqand qishloq xo’jalik instituti (Davlat Raxmonov, Abdumo’min Aliqulov, Zulayxo Kazakova, Ozod Tursunov), Toshkent davlat agrar universiteti (Bahtiyor  Azizkulov, Ra’no Pulatova, Nurali Mardiyev, Radjabbay Dusmuratov), Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti (Iskandar YUnusov, Uchqun Alimov, SHarafatdin Narbaev, Suxrob Umarov,) 4 nafardan, Termiz davlat universiteti (Ulug’bek To’lakov, Astonaqul Quchqorov)dan 2 nafar, Andijon qishloq xo’jalik institutidan (Nosirov Baxodirjon, SHermatov Odiljon, Maxmudov Odiljon, Abdullaev Alijon, Toshpo’latov Dilshodbek, Xojiboyev Muxiddin, Qobulova Maxbuba, Safina Nafisa) 8 nafar, O’zbekistondan jami 22 nafar o’qituvchilar qatnashdi.



“Kamolot” YIH Andijon qishloq xo‘jaligi instituti boshlang‘ich tashkilotining navbatdagi umumiy hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

Muhtaram prezidentimiz Islom Karimov “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashkil topgan ilk kunlardanoq uning faoliyatini qo’llab quvvatlab, “Kamolot – yoshlarning chinakam suyanchi va tayanchi bo’lsin!”, deya tilak bildirgan edilar. O’tgan vaqt davomida harakat keng miqyosda samarali faoliyat olib borayotgani bugun hech kimga sir emas. Harakat tizimlaridagi boshlang’ich tashkilotlar soni 14877 ta, 14-30 yoshdagi azolar soni 4093395 nafarni tashkil etmoqda. Birgina yuqoridagi raqamlarning o’zigina harakat faoliyatining nechog’lik muhim ahamiyat kasb etayotganligini ko’rsatmoqda.


Tempus SAMUz loyihasi doirasida yevropalik mutaxassislar ishtirokida o’tkazilayotgan professor-o’qituvchilarning seminar-treningi

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

Andijon qishloq xo’jalik institutida Tempus  SAMUz (O’zbekistonda qishloq xo’jaligini boshqarish bo’yicha barqaror o’quv rejalari) loyihasi doirasida 2015 yil 23-28 fevral kunlari yevropalik mutaxassislar ishtirokida professor-o’qituvchilarning seminar-treningi o’tkazilayotganligi haqida ma’lumot bermoqchimiz.


YOshlar orasida narkotik moddalarni tarqalishiga qarshi kurash oyligi

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

Andijon qishloq xo’jalik institutida 2015 yil 19 fevral kuni Viloyatda 2015 yil 1 fevraldan 1 martgacha o’tkazilayotgan «YOshlar orasida narkotik moddalarni tarqalishiga qarshi kurash oyligi» doirasida YOshlar o’rtasida giyoxvandlik va uning salbiy oqibatlarini hamda yoshlarni narkotik moddalarga bog’liq jinoyatchilikka aralashib qolishlarini oldini olish bo’yicha uchrashuv tashkil etildi.


Ajdodlarimizning mo'tabar nomlari, ijodiy meroslarining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi millatimizning g’ururi, sha’nu sharafidir

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

2015 yil 13 fevral kuni institut tantanalar saroyida institut “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi hamda O’zbekiston xalq demokratik partiyasi  Andijon tumani Kengashi va Viloyat  “Meros” badiiy akademik jamoalari bilan hamkorlikda  mutafakkir, davlat arbobi, she’riyat mulkining sultoni Mir  Alisher Navoiy tavallud ayyomining 574 yilligi, shoh va shoir, tarixchi, Vatan madhi kuychisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligi munosabati bilan “Ajdodlarimizning mo'tabar nomlari, ijodiy meroslarining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi millatimizning g’ururi, sha’nu sharafidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.