avatar
Куч
319.83
Рейтинг
+126.50

Parpiyev Gafurjon G'ayratovich

Мақолалар

“O’tganlarni xotirlash - ezgu amal”

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

O’zbekiston Respublikasi milliy mustaqilligi xalqimizga nafaqat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, balki ma’naviy sohada ham turli g’oyaviy tazyiqlardan xoli bo’lgan tom ma’nodagi ozodlik va erkinlik berdi. Istiqlolga erishgan o’zbek xalqi dunyoqarashida sog’lom tarixiy tafakkurni shakllantirish, milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasini singdirish muhim omildir. Binobarin, tarix shunchaki voqealar, sanalar tizimi emas, balki har bir xalq ma’naviy hayotining ajralmas bir qismidir. SHuning uchun ham mustaqillik yillaridagi milliy o’zlikni anglashga bo’lgan qiziqish o’zbek xalqining haqqoniy tarixini yaratish masalasini kun tartibiga qo’ydi. 


EVROPA STANDARTLARIGA INTILIB

Блог им. andqxi


 


 Andijon qishloq xo’jalik institutida Evropa Ittifoqining Tempus dasturi doirasida Sustainable Agrarian Management Studies for Uzbekistan – SAMUz (O’zbekistonda qishloq xo’jaligini boshqarish bo’yicha barqaror o’quv rejalari) loyihasini amalga oshirish boshlandi. Ushbu SAMUz (544180-TEMPUS-1-2013-1-DE-TEMPUS-JPCR) deb nomlangan loyiha yevropa Komissiyasi moliyaviy ko’magi yordamida bajarilib, asosiy maqsadi Qishloq xo’jaligini fermer xo’jaligi, tarmoq va mamlakat darajasida ekologik va iqtisodiy jihatdan barqaror boshqarish vositasida qishloqda farovonlikni oshirish maqsadida ilg’or va uyg’unlashgan 3 bosqichli «Fermer xo’jaligini boshqarish» bakalavr yunalishi, «Agrar menejment» magistratura mutaxassisligi hamda «Agrar siyosat va qishloq xo’jalik iqtisodiyoti» sohasida doktorantura ixtisosliklarini eng ilg’or yevropa nazariyasi hamda amaliyotiga hamda Bolonya jarayoni tajribasiga tayangan holda rivojlantirishdir. Mazkur loyihada: O’zbekistonda Fermer xo’jaligini boshqarish sohasidagi oliy ta’limning barcha bakalavr, magistr va doktorantura bosqichlarini modernizatsiya qilish hamda fanlarning professional darajasini yuksaltirish vositasida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini hamda qishloq aholisi faravonligini oshirish; Bolonya tamoyillarini joriy qilish, rivojlangan davlatlar tajribasini qullash orqali qishloq xo’jaligi sohasidagi oliy ta’lim jarayonini dunyo darajasiga ko’tarish; yevropa va O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi o’zaro xamkorlikni rivojlantirish kabi jiddiy maqsadlar qo’yilgan.


Ochiq muloqot-uchrashuvi

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

2013 yil 23 dekabr kuni soat 18-00 da talabalar turar joyidagi qizlar yotoqxonasida ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha institut prorektori R.Abduraxmonov, Agronomiya fakulteti dekani K.Komilov, dekan muovinlari M.Botirov va M.Atajanovlar hamda Andijon tumani IIB Kuyganyor shaharchasi xududiy profilaktika ishlari noziri kapitan R.Arslanov ishtirokida uchrashuv-davra suhbati, ochiq muloqot bo’lib o’tdi.


Agronomiya fakulteti ota-onalari yig’ilishi

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

2013 yil 20 dekabr kuni, institut tantanalar saroyida Agronomiya fakulteti talabalari ota-onalarining institut rahbariyati bilan ochiq muloqot-uchrashuvi bo’lib o’tdi. Tadbirni institut rektori Z.M.Jumaboyev kirish so’zi bilan ochib berdi.


Z.Jumaboyev barcha ota-onalarni kirib kelayotgan 2014- yangi yil — «Soglom bola yili» bilan chin yurakdan shaxsan uzi va butun jamoa ustoz-murabbiylari, professor-o’qituvchilari nomidan tabrikladi.


Yong’in xavfsizligi oyligi

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

Respublikamizda dekabr oyi IIV tomonidan “YOng’in havfsizligi oyligi” deb e’lon qilingan. Oylikni samarali o’tkazish va unda faol qatnashish, yong’in havfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish to’g’risida ogohlikka va hushyorlikka chaqiruvchi yozuvlar, plakatlar, yo’riqnomalar fakultetning o’quv binolari, talabalar turar joylariga joylashtirilgan.


Чилонжийда-кони фойда

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

Чилонжийда – Унаби (Ziziphus jujuba Mill) чилонжийдадошлар (жумрутдошлар, Rhamnaceal) оиласига мансуб, шифобахш, бўйи 5–10 метргача етадиган дарахтдир. Ер юзининг тропик ва субтропик минтақаларида чилонжийданинг элликка яқин тури учрайди. У айниқса, Хитой, Корея ярим ороли, Ҳиндистон, Fарбий Осиё ва Ўрта ер денгизи атрофидаги мамлакатларда кенг тарқалган. Шунингдек, Кавказорти ҳамда Ўрта Осиёнинг тоғли туманларида ҳам учратиш мумкин.     Ўзбекистон шароитида чилонжийдалар денгиз сатҳидан 1000–1500 метр баландликдаги шағалли, жанубий ва жануби-шарқий ёнбағирларда тарқалган. Чилонжийда 100 йил ва ундан ҳам кўп яшайди. Тўрт-беш ёшидан то 40–50 ёшгача яхши ҳосил беради, сўнг ҳосилдорлиги аста-секин камая боради. Май-июнь ойларида гуллаб, сентябрь ойида меваси етилади. 15–20 ёшдаги бир туп чилонжийда ўрта ҳисобда 50 килограммгача ҳосил беради. 



Teshaboyeva Maftuna Ikromjonovna Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi tanlovi g`olibasi

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

      Teshaboyeva Maftuna Ikromjonovna 1990 yil 18-may Farg’ona  viloyati Ohunboboyev tumani Solijonobod qishlog’ida ishchilar oilasida tavallud topgan. Otasi Teshaboyev Ikromjon “Nodir Jaxon” fermer xo’jaligida iqtisodchi. Onasi Teshaboyeva Manzuraxon uy bekasi. Teshaboyeva Maftuna oilada eng kenja, beshinchi farzand.Andijon qishloq xo’jalik instituti “Agronomiya” fakulteti 3-bosqich 1-guruh talabasi Teshaboyeva Maftuna Ikromjonovna Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi tanlovi g`olibasi 


Respublika ilmiy-amaliy anjumani

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil  22 yanvardagi  “Halqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy hamda ilmiy-texnik anjumanlarni samarali o’tkazish to’g’risida”gi  25-F-sonli farmoyishiga asosan institutda 2013 yilning 29-30 noyabr kunlari “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda resurstejamkor texnologiyalardan samarali foydalanish va ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni modernizatsiya-lash” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi.


Respublika ilmiy-amaliy anjumani

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil  22 yanvardagi  “Halqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy hamda ilmiy-texnik anjumanlarni samarali o’tkazish to’g’risida”gi  25-F-sonli farmoyishiga asosan institutda 2013 yilning 29-30 noyabr kunlari “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda resurstejamkor texnologiyalardan samarali foydalanish va ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni modernizatsiya-lash” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi.2013 yilning 29-30 noyabr kunlari “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda resurstejamkor texnologiyalardan samarali foydalanish va ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni modernizatsiyalash” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi


“Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik tanlovi

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

2013 yil 20 aprel kuni institutning katta majlislar zalida fakultetlararo “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik tanlovi o’tkazildi. Ushbu tadbirda institutning Agronomiya fakultetining “Top-10”, Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining “Ulfatlar”, Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakultetining “Sardorlar” va institut terma jamoasi ishtirok etdilar. 


Fakultetlararo “Baxtli oila sari” deb nomlangan ko’rik-tanlov

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

“Mustaxkam oila yili”ning mantiqiy davomi sifatida Prezidentimiz tomonidan “Obod turmush yili” deb e’lon qilingan 2013 yilda ham yoshlarni oilaga tayyorlash, oila va nikoh, onalik va bolalikni himoya qilish mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar institutda tizimli ravishda o’tkazilib borilmoqda.


Ёшлар тарбиясини амалга оширишда маънавий кадриятларнинг ўрни

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

Ўзбекистон Республикаси мустақил тараққиёт йўлида ривожланаётган бир даврда маънавий ислохатлар ёшлар сиёсатини амалга оширишда долзарб вазифа давлат сиёсатининг устивор йўналишига айланиб ва  маънавиятимизнинг узоқ ва яқин қадриятлари тарихий илдизлардан қувват олган холда тикланиб ва тараққий этиб бормоқда. Мана 15 йилдирки мамлакатимизда кадрлар тайёрлашнинг ноёб тизими амалга оширилмоқда.



Хукукий маданиятни юксалтириш-ёшлар тарбиясида бугунги куннинг долзарб масаласи

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

Жамиятни янгилаш ва демократлаштириш, мамлакатни модернизация килиш, ислохотларни изчил амалга ошириш шароитида конун хужжатларининг ижроси ва мазмун мохиятини ёшларга етказиш бугунги кунда мухим урин тутади. Ислохот ва узгаришларнинг хукукий асосларини тугри тушуниш, уларни амалга тадбик этишнинг ахамияти бекиесдир.



Ёшларда фуқаролик позициясини шакллантиришда ўзликни англаш масаласи

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

Юртимиздаги иқтисодий сиёсий, маънавий тараққиётнинг жадал ривожланиши халқмизнинг азалдан орзу қилиб келган миллий ўзлигини англаш борасида амалий фаолиятини ривожлантиришга ҳам ўз таъсирини ўтказмасдан қолмади.Кўп асрлар мобайнида халқимиз қалбидан чуқур жой олиб, хаёт маъносини англаш, миллий маданиятимиз ва турмуш тарзимизни, қадриятларимиз, урф одат ва анъаналаримизни бевосита қайтадан жамиятимиз (халқмиз) онги шуурига жо қилиш, уларни қайтадан жонлантириш борасида Президентимиз И.А.Каримов бошчилигида кўплаб қонун-қоидалар ишлаб чиқилган.


”Темур тузуклари” – ижтимоий-иқтисодий ислоҳотлар пойдевори

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

Маълумки, ХИВ-асрнинг охири ва ХВ-асрлар Ватанимиз  тарихида сиёсий-иқтисодий воқеаларга ниҳоятда бой тарихий сабоқ даври ҳисобланади. Чунки бу даврда  мўғуллар хукмронлиги ва феодал  тарқоқлик  тугатилиб, босқинчиларнинг вайронагарчиликлари ҳамда бир ярим асрлик зулмлари оқибатида иқтисодий, маданий-маърифий турғунлик ҳолатига тушиб қолган мамлакатимиз ўз мустақиллигини қайта тиклашга киришган. Бу минтақада Амир Темур бошчилигида ягона туғ остида марказлашган, кучли ва мустақил феодал  давлат ташкил топади.