avatar
Куч
319.83
Рейтинг
+126.50

Parpiyev Gafurjon G'ayratovich

Мақолалар

“Giyohvandlikka, mafkuraviy va ma’naviy tahdidlarga, “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurash

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

2015 yil 14-fevral kuni Andijon qishloq xo’jalik instituti kichik majlislar zalida “Giyohvandlikka, mafkuraviy va ma’naviy tahdidlarga, “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurash” mavzusida viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda ochiq muloqot tashkil etildi.


“Agrar sohada yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash- mamlakat qishloq xo’jaligi va fermerlik harakati rivojini ta’minlashning garovi” mavzusida bo’lib o’tgan amaliy muloqot

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

2015 yil 30 yanvar kuni institut tantanalar saroyida “Fermer xo’jaligini boshqarish va yuritish” hamda “Fermer xo’jaligi menejmenti” ta’lim yo’nalishi talabalariga tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Andijon viloyati Kengashi, Andijon viloyat Fermerlari Kengashi bilan hamkorlikda “Agrar sohada yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash – mamlakat qishloq xo’jaligi va fermerlik harakati rivojini ta’minlashning garovi” mavzusida amaliy muloqot o’tkazildi.


Institutda o’tkazilgan ma’naviy tadbir haqida

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

2015 yil 11 fevral kuni institut tantanalar saroyida institut “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi hamda O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi bilan hamkorlikda mutafakkir, davlat arbobi, she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavallud ayyomining 574 yilligi, shoh va shoir, tarixchi, Vatan madhi kuychisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligi munosabati bilan “O’rta asrlar sharq allomalari tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli” loyihasi asosida “Ajdodlarimizning mo’’tabar nomlari, ijodiy meroslarining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi millatimizning g’ururi, sha’nu sharafidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.


Andijon qishloq xo’jalik instituti huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazida o’quv kursini yakuni haqida

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

Andijon qishloq xo’jalik instituti huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2013 yil 25 dekabrdagi 332-sonli buyrug’iga asosan Farg’ona vodiysida joylashgan qishloq xo’jalik kasb-hunar kollejlari maxsus fan o’qituvchilarini “Qishloq xo’jalik mashina va jixozlaridan foydalanish va texnik xizmat ko’rsatish” yo’nalishi bo’yicha o’quv kurslari yakunlandi.  


Andijon qishloq xo’jalik institutiga Jaxon banki xodimlari tashrifi haqida

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

2015 yil 17 yanvar kuni soat 9-30 da institutga Jaxon banki xodimlari Marc Sadler, Garri Kristenson va Dilshod Xidirovlar tashrif buyurdilar. Ular institut rektori Z.Jumaboyev qabulida bo’ldilar. 


Qabul jarayonida mehmonlar Jaxon banki tomonidan amalga oshirilayotgan loyixalar haqida gapirib berdilar. Z.Jumaboyev institut haqida, hamda institutda amalga oshiralayotgan xalqaro aloqalar haqida gapirib berdi.


“Ona yurtni mard o’g’lonlar qo’riqlaydi” nomli tantanali tadbir

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

2015 yil 10 yanvar kuni institut tantanalar saroyi gullar, shior va chaqiriqlar, musiqali chiroqlar bilan bayramona bezatildi, sahna markaziga “Vatan ulug’, burchim muqaddas” baneri ilindi, musiqa sadolari ostida davraga boshlovchilar Hamidov Abduvahob va Ibragimova Saidalar kirib keldilar.


Andijon tumani xokimligi bilan hamkorlikda “Andijon” restoranida tashkil etilgan tadbir

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

2014-yil 30-dekabr kuni Andijon tumani xokimligi bilan hamkorlikda Andijon tumani xokimligi faollari uchun “Andijon“ restoranida tashkil etilgan “YAngi yil bazmi”da institut ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari M.Botirov boshchiligida “Og’alar” quvnoqlar va zukkolar jamoasi yigitlari ishtirok etdilar.


LOYIXANING YAKUNIY YIG’ILISHI

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

2014-yil 9-12 deqabr kunlariQozog’istonning Kokchetav universitetida TEMPUS-EPASAT “Barqaror qishloq xo’jaligi texnalogiyalarini yaratish va qo’llash yo’li bilan atrof muxitni ximoyalash” mavzusidagi loyixaning yakuniy yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda loyixa bosh koordinatori-Italiyaning Akvila universiteti prorektori professor Anna Tozzi qatnashdi. SHuningdek, yig’ilishda Kozog’iston, Qirg’iziston, Tojiqiston oliy talim muassasasi koordinatorlari va yevropadan Portugaliya, Vengriya, Polsha davlatlari universitetlari xodimlari ishtirok etdilar.


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to’g’risidagi Qonunga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar haqida

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

Andijon qishloq xo’jalik instituti katta majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va mahalliy hokimiyat vakillik organlariga deputatlik sayloviga tayyorgarlik jarayoni haqida va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan Andijon tumani xokimligi, Andijon tumani prokuraturasi bilan xamkorlikda yig’ilish bo’lib o’tdi.


Bo’taqora qishlog’ida joylashgan “Muruvvat” uyida tashkil etilgan mehr-muruvvat tadbiri haqida

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

2014 yil 2-dekabr kuni Agronomiya fakulteti jamoasi Andijon tumaning Bo’taqora qishlog’ida joylashgan ruhiy hastalik alomatlari bor erkaklar uchun ixtisoslashgan “Muruvvat erkaklar internat uyi”da institut rektori Z.M.Jumaboyev tomonidan 2014 yil 25-noyabr kuni tasdiqlangan topshiriqnomaga asosan “3-dekabr- Xalqaro imkoniyatlari cheklangan shaxslar kuni” hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligi munosabati bilan mehr-muruvvat tadbirini tashkil etdilar.


“Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 1-bosqich talabalarining “Talabalik qasamyodi” tadbiri haqida

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

2014-yil 27-noyabr kuni institut tantanalar saroyida “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 1-bosqich talabalarining “Talabalik qasamyodi” tadbiri tashkil etildi. Tantanalar saroyi bayramona bezatildi. Tadbirni institut “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi rahbari M.Botirov ochib, barcha tadbir ishtirokchilarini talabalikning eng muhim va unutilmas tadbirlaridan biri- “Talabalik qasamyodi” tantanali tadbiri bilan muborakbod etib, talabalik baxtiga sazovor bo’lgan “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining birinchi bosqich talabalarini muborakbod etdi. Fakultetning eng iqtidorli talabalaridan biri Iroda Sobirjonovaning “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti ko’rik-tanlovining Andijon viloyati bosqichida “Fan” yo’nalishi bo’yicha birinchi o’rinni egallab, tanlovning Respublika bosqichiga yo’llanma olganligini esa bu butun fakultetni, institutni faxri deb, fakultet professor-o’qituvchilariga erishilgan yutuq uchun minnatdorchilik bildirib muvaffaqiyatli yurishni oxirigacha olib borishlarida zafarlar tiladi.


“Agronomiya” fakultetining 1-bosqich talabalarining “Talabalik qasamyodi” tadbiri haqida

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

2014 yil 25-noyabr kuni soat 14-30da institut tantanalar saroyida institut “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tomonidan a’nanaga aylangan har yili fakultetlararo ko’rik-tanlov sifatida o’tkazib kelinayotgan “Talabalar qasamyodi” ko’rik-tanlovining Agronomiya fakulteti bosqichi bo’lib o’tdi.


“Iqtisodiyot va boshqaruv” fakultetining 1-bosqich talabalarining “Talabalik qasamyodi” tadbiri haqida

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

2014-yil 26-noyabr kuni institut tantanalar saroyida “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakultetining 1-bosqich talabalarining “Talabalik qasamyodi” tadbiri tashkil etildi. Tantanalar saroyi bayramona bezatildi. Tadbirni institut “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi rahbari M.Botirov ochib, barcha tadbir ishtirokchilarini talabalikning eng muhim va unutilmas tadbirlaridan biri- “Talabalik qasamyodi” tantanali tadbiri bilan muborakbod etib, talabalik baxtiga sazovor bo’lish har bir talaba uchun oson kechmaganligini, bu baxtga erishish uchun har bir talaba ozmas-ko’pmas 12 yil davomida umumta’lim maktablaridan boshlab akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ham tinimsiz harakat qilganliklari, orttirgan bilim va ko’nikmalari evaziga bugun Respublikamizning sanoqli talabalari qatori oliy o’quv yurtining sharafli-talabasi degan nomga ega bo’lganliklarini ta’kidlab o’tdi va bu izlanishlarini oliy o’quv yurtida ham davom ettirib, Vatanimiz uchun kerakli mutaxassislar bo’lib yetishishlari uchun institutda barcha sharoitlar mavjudligini aytib, talabalardan faqat xoxish va istak bo’lsa bo’ldi deb o’z so’zini yakunladi.


17 noyabr - “Butunjahon talabalar kuni” va 18 noyabr - O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan o’tkazilgan tadbir

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

2014 yil 17 noyabr kuni Andijon qishloq xo’jalik instituti tantanalar saroyida 17 noyabr — “Butunjahon talabalar kuni” hamda 18 noyabr — O’zbekiston Respublikasi “Davlat bayrog’i qabul qilingan kun” munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Tantanalar saroyi bayromona bezatildi. Tadbirni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha institut prorektori R.Abdiraxmonov ochib barcha talabalarni qo’shaloq bayram bilan tabrikladi va davlat bayrog’imiz xaqida gapirar ekan, O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i 12-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 7-sessiyasida 1991 yil 18 noyabrda tasdiqlanganligi, bayroqdagi moviy rang musaffo osmon va tiniq suv ramzi ekanligi, sharqda zangori rang e’zozlik rangi xisoblanishi, bayroqdagi oq rang tinchlik va poklik timsoli ekanligi xaqida talabalarga ma’lumot berdi.


“Milliy liboslarni targ’ib qilish” ko’rik-tanlovi

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

Har bir xalqning dunyoda borligini ko’rsatadigan, uning o’zligini namoyon qiladigan durdona milliy qadriyatlari qatorida liboslar ham o’z o’rniga ega. Bugungi kunda jahon miqyosida milliy liboslarimiz bo’lgan xonatlas, beqasam, do’ppilar, zebigardon, tillaqosh, tumor va milliy zarchoponlarimizga bo’lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.


“Agrosanoat kompleksi iqtisodiyoti” mutaxassislik fanidan o’tkazilgan talabalar Respublika fan olimpiadasining yakuni

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

“O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 31 martdagi “2014 yilda oliy ta’lim muassasalari talabalarining Respublika fan olimpiadasini tashkil qilish va o’tkazish to’g’risida” gi 113-sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon qishloq xo’jalik instituti rektorining 2014 yil 14 martda 137-V sonli buyrug’i chiqarildi va shunga asosan 2014 yilning 14-15 may kunlari institutda “Agrosanoat kompleksi iqtisodiyoti” mutaxassislik fanibo’yicha talabalar Respublika fan olimpiadasining II-bosqichi o’tkazildi. Talabalar Respublika fan olimpiadasining II-bosqichini o’tkazishga amaliy yordam ko’rsatish bo’yicha mas’ul Toshkent qimyo texnologiyalar institutining ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha prorektori R.Adilov ishtirok etdi.


EZGULIKKA YO’G’RILGAN UMR

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

O.ZokirovInson bilimi, ma’naviyati, kasb-xunari bilan go’zaldir, deya ta’kidlagan ahli donish. Xalqimizda ham o’z farzandlarini zukko, ta’lim-tarbiyali, hunarli qilib voyaga yetkazish azaliy orzu-maqsad bo’lgan. SHu bois ilm-hunar o’rgatuvchi muallim, murabbiylarga katta hurmat-ehtirom bilan qaralgan.


Ana shunday sharafli va mas’uliyatli kasbga o’z umrini bag’ishlagan, oliy dargoh deb atalmish ma’rifatli maskanida ko’p yillar davomida xizmat qilib kelayotgan Olim Zokirovni hamkasblari, oilasi, yaqinlari, ko’plab shogirdlari chuqur hurmat qilishadi va ardoqlaydi.


Zero, o’qituvchilikni, yosh avlod ta’lim-tarbiyasini o’ta mas’uliyatli vazifa deb bilgan fidoiy inson ana shunday e’zozga hurmatga munosibdir.


Olimjon Zokirov 1924 yili Qirg’iziston Respublikasining O’sh shahrida dehqon oilasida tavallud topdi. U 1931 yilda O’sh shaxridagi o’rta maktabning 1 sinfiga o’qishga qabul qilinib 1940 yilda uni 9 sinfini tamomladi. 1940 yilning sentyabrida O’sh shahrida tashkil etilgan o’qituvchilar tayyorlash maktabiga o’qishga kirib, uni 1942 yilning iyunida imtiyozli diplom bilan tugatib, yullanma bilan A. Navoiy nomli o’rta maktabda fizika va matematika fanlari o’qituvchisi bo’lib ishga kirdi.